Kontent qismiga oʻtish

Abeyaantrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abeyaantrix – Jorhat Fan va Texnologiya Institutining , Assam, Hindiston Milliy darajadagi yillik texnik festivali hisoblanadi. Bu festival Shimoliy-Sharqiy Hindistondagi bilim va aqlni namoyish qilish uchun keng tarqalgan platformalardan biridir. Turli texnik va madaniy tadbirlar, shuningdek, ijtimoiy tadbirlar ham mavjud. Abeyaantrix tadbiri Hindistonning turli taraflaridan kelganodamlarni oʻziga jalb qiladi. Bu Shimoliy-Sharqiy Hindistondagi texnik festivallardan biri boʻlib, u ham muhandisboʻlgan va muhandis boʻlmagan talabalarni oʻz ichiga oladi[1]. Baʼzan ijtimoiy tarmoq saytlarida Abx deb qisqartirilad. Abeyaantrixning oxirgi qoʻshilishi 2016-yil 24-26 mart kunlari boʻlib oʻtgan.

Abeyantrix nomi Sanskrit tilidan olingan boʻlib, muhandislik degan maʼnoni anglatadi. Ildiz soʻzi Sanskrit va hind tilida „अभियंता“ yoki assam tilida „অভিযন্তা“ boʻlib, muhandis degan maʼnoni anglatadi.

Jorhat fan va texnologiya instituti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jorhat Fan va Texnologiya Instituti (sobiq Jorhat Fan kolleji) 1971 yilda tashkil topgan boʻlib. Bu Shimoliy-Sharqiy Hindistonning daslatbki texnikal instituti boʻlib Jorxat shahrining Sotai hududida joylashgan[2]. Avval bu umumiy B.Sc. kolleji boʻlgan. 2009-yilda muhandislik bakalavr (BE) kursi tashkil etildi. Bu Assamdagi uchinchi bakalavriat muhandislik kolleji va hozirda butun mamlakatning eng yaxshi texnik instituti hisoblanadi. JIST deyarli yarim asrdan beri Assamdagi koʻplab ilmiy va qoʻshimcha tadbirlarning markazi boʻlib kelmoqda. Bu kollej butun Hindiston Texnik Taʼlim Kengashi (AICTE) tomonidan tasdiqlangan[3]. Kollej elektr va telekommunikatsiya muhandisligi, quvvat elektr muhandisligi va fizika, kimyo, matematika va axborot texnologiyalari boʻyicha bakalavr darajasidagi BE kurslarini eʼlon qildi. Barcha kurslar Shimoliy-Sharqiy mintaqaning taʼlim markazi boʻlgan Dibrugarh universitetiga bogʻliqdir.

Technophilia – bu Abeyaantrix va JISTga oʻxshagan yillik mega kattalikdagi texnik tadbirdir. Texnofiliya ikkita soʻzning birlashmasidir – Techno va Philia. Techno Texnologiyani anglatadi va Philia „sevmoq“ degan maʼnoni anglatadi. Texnologiyaga qiziquvchi insonlar texnofiliya deb ataladi. Texnofiliyaning asosiy voqealari :

  • Robovar
  • Robo: Arqon tortish
  • Platforma poygasi
  • Seminarlar

Nervning portlashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nerve Blast, Abeyaantrixning ochiq viktorina tanlovi boʻlib, butun Assam viktorinalari gʻolib unvoni uchun kurashadigan tanlovdir.

Rebel yoki Rok

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rebel o Rok – Abeyaantrixning ochiq metall rok guruhi tanlovi – bu butun Shimoliy-Sharqiy va Hindistonning boshqa shtatlari boʻyicha metall guruhlar ishtirok etadigan tanlovdir. Bu Abeyaantrix tanlovining juda mashhur va muhim voqeasi. Hamma, JISTanlar, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy hududlarining turli institutlari talabalari ushbu tadbirdan zavqlanishadi.

Nandaka – soʻzlar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nandaka ochiq bahs-munozaralar tanlovi, shuningdek, siyosiy va ijtimoiy anglashni rivojlantirish va turli tomoshabinlar fikrini bilish uchun tashkil etilgan Abeyaantrixdagi koʻplab tadbirlardan biri hisoblanadi.

Baland ovozda gapirmoq

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baland ovozda gapirish – bu nutq tanlovi boʻlib, biz oʻz nazariyalarni oʻrganishga, ijtimoiy, siyosiy yoki milliy manfaatlarga aʼloqador har qanday mavzuni toʻldirishga harakat qilamiz.

Mayaan – Abeyaantrixning qadimiy nashri hisoblanadi. U har yili Abeyaantrix jamoasi tomonidan festival davomida oʻtkazilgan tadbirlarni eslash uchun nashr etiladi. Asosan, u Abeyaantrixning ochilish marosimida mehmonlar ishtirokida chiqariladi. Mayaan JIST talabalari tomonidan yozilgan sheʼrlar, artikllar va boshqalarni oʻz ichiga oladi. U institut fakultiteti professor-oʻqituvchilarining yozgan ishlarini oʻz ichiga oladi. Xotirlashda mehmon yozuvchilarning asarlari ham nashr etiladi.

Mayaan ibroniycha soʻz boʻlib, favvora degan maʼnoni anglatadi. Shuning uchun bu nom tanlashning asosiy gʻoyasi Bilimlar bulogʻini nomini ifodalashda edi.

Maʼlumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. JIST Official website jistassam.in/jist-abyntrix-2016/ JIST Official website
  2. „Jorhat District, Assam“. jorhat.gov.in. Qaraldi: 2015-yil 28-oktyabr.
  3. „HISTORY | Jorhat Institute of Science and Technology“. jistassam.in. 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-oktyabr.