Abissal tekisliklar
Abissal tekisliklar — chek-ka dengizlarning okean soyliklari va botiklaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qaʼri va oʻtish zonasida keng tarqalgan: Yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga toʻgʻri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egal-laydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida koʻp tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va Tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan koʻproq uch-raydi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |