Kontent qismiga oʻtish

Ablaberdiyeva Alla

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ablaberdiyeva Alla
Tavalludi 7-may 1953
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi xonanda, oʻqituvchi

Alla Ablaberdiyeva Muxamediyevna[1][2] (1953-yil 7-may, Samarqand) – Sovet va rus xonandasi (soprano), vokal oʻqituvchisi.

Biografik maʼlumotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1953-yil 7-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand shahrida tugʻilgan[3]. Oʻrta taʼlimni Samarqandda olgan. Oʻrta maktabni tugatgach, musiqa gimnaziyasida tahsil olgan. Keyinchalik musiqiy taʼlimni davom ettirish uchun Moskvaga joʻnab ketgan.

1977-yilda Moskva konservatoriyasini, aspiranturani (1979) professor N. D. Doriak qoʻl ostida muvaffaqiyatli yakunlagan .

Vokalchilarning Butunittifoq tanlovi laureati hisoblanadi. M.Glinka nomidagi Moskva birinchiligi (1977), Gollandiya va Angliyadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1979).

1980-yillarda u doimiy ravishda Moskva filarmoniyasining solisti sifatida, Moskva va Leningraddagi juftlik kontsertlarida (xususan, Svyatoslav Rixter bilan ansamblda) chiqish qilgan. Oʻsha davrda Alla SSSR, Chexiya, Vengriya, Kuba, Shvetsiya va Fransiyada ham gastrol safarlarida boʻlgan.

1991-yilda Alla Londonga koʻchib oʻtgan va shundan keyin uning ijodiy faoliyatida oʻsish kuzatilgan. U qoʻshiqchilikdan ham dars bergan, shogirdlari orasida xonanda va qoʻshiq mualliflari ham koʻplab yetishib chiqgan.

Alla Qirollik musiqa kollejida (London, Angliya, 1995—2003) hamda Maymonid nomidagi Davlat klassik akademiyasida dars bergan. (Rossiya Federatsiyasi, Moskva, 2008—2014).

Ijodiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U bir nechta asarlar muallifi hisoblanadi, jumladan Les Noces I. Stravinskiy, Jovanni Battista Pergolesi va Antonio Vivaldining bir nechta kantatalari, rus bastakorlarining romanslari, J. S. Bax , H Purcell va G. G. Fridrix, asosan „Melodiya“ musiqa uyida shugʻullangan. Chaykovskiyning asarlariga bastalangan ijodiy ishlari Buyuk Britaniyaning Kent shahrida joylashgan All Saints Church cherkovida joylashgan.