Abortiv infeksiya
Qiyofa
Abortiv infeksiya — 1) (tibbiyotda) yuqumli kasallikning roʻy-rost yuzaga chiqmay, qisqa vaqt davom etishi; 2) (mikrobiologiyada) bakteriya hujayrasiga bakteriofag yuqtirilgach, fag zarralarining koʻpaymasligi, bak-teriyaning erib ketmasligi. Bakteriyalar hujayrasini turli moddalar bilan dori-lash, och qoldirish, kalsiy ionlarining boʻlmasligi ularda fagning koʻpayishiga toʻsqinlik qila oladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |