Abram Alixanov
Abram Isaakovich Alixanov (1904-1970) — fizik olim, akademik (1943). Nazariy va eksperimental fizika instituti asoschisi va direktori (1945-yildan). Ilmiy ishlari atom yadrosi va kosmik nurlar fizikasiga doir. Ukasi A. I. Alixanyan bilan uygʻotilgan yadrolardan elektron-pozitron juftligi chiqish hodisasini kashf qildi va bu juftlikning paydo boʻlish jarayoni krnuniyatlarini oʻrganib chiqdi. Alixanov radioaktiv yadrolarning beta-yemirilishini tadqiq qilish uchun beta-spektrometr, kosmik nurlar zarrasi massasi va energiyasini analiz qilish uchun mass-spektrometrlarni ixtiro qildi. U ixtiro qilgan gomogen atom reaktori atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda tatbiq etilmoqda. A. rahbarligida sobiq Ittifoqda birinchi marta ogir suvli yadro reaktori (1949), quvvati 7 Gevgacha boʻlgan qattiq fokus-lanuvchi tezlatkich (1961) yaratilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |