Abri bahor
Abri bahor (fors- bulut) — kitobat sanʼatiaa qoʻlyozma kitob sahifalarini bezash sanʼati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi da-raxt yelimining suvdagi eritmasiga yelim va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlangan turli rangdagi boʻyoklar moʻyqalam yor-damida navbati bilan (toʻq rangdan och rang-ga qarab) so-iladi. Maxsus taroq vositasida turli rasm (tasvir)lar hosil qilib taralgan yelim yuzasidagi boʻyoqlar ustiga sur qogʻoz yopiladi; bir necha daqiqadan soʻng u ohista olinib, qogʻozdagi suyuqlik oqib tushishi uchun bir uchidan osib qoʻyiladi, keyin soya joyda quritiladi. Abri bahorning egri-bugri chiziqli mavhum gullaridan tashqari mujassamotga ustalar turli handasiy shakllar, oʻsimliksimon mavzular, hatto sheʼriy parchalar ham kiritishgan. Abri bahor gullari biri ikkinchisini takrorlamagan. Faqat mohir ustalargina aynan bir naqshni bir necha mar-ta takroran yaratishga erishgan. Ustalar tomonidan tilla zarralar bilan ishlangan Abri bahor qogʻozi ham tayyorlangan. Qoʻlyozma ki-toblarni bu usulda bezatish Hirot kito-bat sanʼatida taraqqiy etdi, 16 — 17-asrlarda keng tarqaldi. Tabriz, Qazvin, Isfahon va boshqalarda shu usulda bezatib tay-yorlangan qoʻlyozmalar uchraydi. Xoz. kunda unutilib ketgan Abri bahor sanʼatini qaytadan tiklashga urinishlar boʻldi. Jumladan, Oʻzbekistonda 1991-yil Abri bahor sanʼatini tiklagan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining bir guruh ilmiy xodimlari (A. Madraimov, Sh. Muhammadjonov, M. Salimov va boshqalar) shu usulda bezatilgan bir necha qoʻlyozma kitoblarni qayta tikladilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |