Kontent qismiga oʻtish

Absorbsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Absorbsiya (lotincha: „absorbtio“ — yutilish, lotincha: „absorbeo“ — yutayapman soʻzidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa sanoat sohalarida foydalaniladi. Gazlarning bugʻ va suyuqliklarda erish darajasining turliligiga asoslangan holda absorbsiyadan texnikada gazlarni tozalash va ajratishda hamda ularni bugʻ gaz aralashmalaridan ajratishda foydalaniladi. Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda qoʻllanadi[1].yoq

  1. "Absorbsiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil