Kontent qismiga oʻtish

Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu-l-Asbag‘ Abdulaziz ibn Abdulmalik ibn Nasr al-Andalusiy al-Hofiz al-Umaviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 976-yil (hijriy 365-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy (arabcha: أبو الأصبغ عبد العزيز الأندلسي — Abu-l-Asbag‘ Abdulaziz ibn Abdulmalik ibn Nasr al-Andalusiy al-Hofiz al-Umaviy) — hadis hofizi.

Andalusiyaning Qurtuba (Kordova) shahridan yeti­shib chiqqan Abu-l-Asbag‘ Abdulaziz al-Andalusiy 941-yil (hiriy 328-yil)da Andalus olimlarining suhbatida bo‘lib, ulardan hadis eshitadi.

So‘ng hadis ilmi talabida mashriq va mag‘rib yurtlariga safarga chiqib, Misr­da Yunus ibn Abdulaʼlo, Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Vahb va ularning safdoshlaridan, Shomda Hishom ibn Ammor, Muhammad ibn Aziz al-Ayliy, ularning safdoshlari va boshqa ko‘plab olimlardan taʼlim oladi. 954-yil (hijriy 341-yil)da Kufa, keyin Isfahonda bo‘lib, 954-yil (hijriy 342-yilramazon oyi) yanvar oyida Isfahondan Nishopurga keladi va u yerda 958-yil (hijriy 345-yil)ga qadar yashaydi. Keyin Marvga, undan Buxoroga kelib, u yerda Ibn Xanabdan, so‘ng Kushoniyada Ali ibn Muhtoj va Abu Yaʼlo an-Nasafiylardan tahsil oladi. Shoshga, u yerdan Isfijobga borib, olimlardan ko‘plab hadis yozib oladi. Safari yakunida olim Buxoroni vatan tutib, hayo­tining so‘nggi yillarini o‘sha yerda o‘tkazadi.

Abu-l-Asbagʻ Abdulaziz al-­Andalusiy Makka shahrida Abu Saʼid Ahmad ibn Muhammad ibn Ziyod al-Aʼrobiy, Bag‘dodda Abu Ali Ismoil ibn Muhammad as-Saffor, Abu Sahl Ahmad ibn Muhammad al-Qatton, Isfahonda Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Hofiz, Damashqda Abu-l-Hasan Xaysama ibn Sulaymon at-Tarabulusiy, Marvda Abu Ali al-Husayn ibn Muhammad as-Sag‘oniy va boshqalardan hadis eshitgan. O‘z navbatida, olimning ilmidan Ahmad ibn Abdulaziz al-Makkiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Hofiz va Buxoro ahllari bahramand bo‘lganlar[1].

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Haydarobod: „Doi­ra al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. I, 365;
  2. Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 14.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.