Abu-l- Adyon
Qiyofa
Abu-l-Hasan Ali Abu-l-Adyon- tasavvuf shayxi.
„Nasoyim ul-muhabbat“da tilga olingan tasavvuf shayxlaridan biri. Kunyasi – Abu-l-Hasan. Turli din namoyandalari bilan munozaraga kirishib, ularni bahsda magʻlub etgani uchun „Abu-l-Adyon“ (Dinlarning otasi, bilimdoni) nomi bilan mashhur boʻlgan. Junayd al-Bagʻdodiy, Abu Said Xarroz bilan ham muloqot qilgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga ushbu shayx bilan bogʻliq bobni kiritgan.