Kontent qismiga oʻtish

Abu Abdulloh Iloqiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Abdulloh Iloqiy (asl ismi Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy) (tugʻilgan yili maʼlum emas — vafoti 1068-yil) — oʻrta asrda yashagan mashhur hakim, Ibn Sinoning shogirdlaridan biri. Iloq vohasi (hozirgi Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi atrofidagi yerlar)da tugʻilgan (taxallusi shundan olingan). Dastlabki maʼlumotni Shosh (Toshkent) madrasalaridan birida olib, soʻng oʻz bilimini takomillashtirish uchun dastlab Buxoro, keyin Urganchga borib tahsil olgan. Bu yerda u Ibn Sino bilan uchrashgan. Iloqiy tibbiyotdan tashqari falsafa va tarix bilan ham qiziqqan. „Kulliyoti tibbi Iloqiy“ („Iloqiyning tabobat haqida risolalar toʻplami“) asarida tibbiyot tarixiga oid maʼlumotlar berilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil