Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy
Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1144-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Faqih |
Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy (arabcha: أبو عبد الله محمد الايعلاقي — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud ibn Ahmad ibn Rizvon al-Iloqiy) — faqih.
Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy maʼlum muddat Marvda istiqomat qilgan. U yerda Ali al-Hasan ibn Masʼud ibn al-Firoga shogird tushgan. Soʻngra Nishopurga koʻchib oʻtib, u yerda yashagan. Ali Muhammad ibn Yahyo al-Jiziyga qarshi taʼliqalar bitgan. Doimo birodarlarinin ogʻirini engil qilish haraktida boʻlgan. Shuningdek, har bir ishni qoyilmaqom qilib ado etguvchi, sersaxovat, xushsiyrat va oliyjanob faqih boʻlgan.
Ustozilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Furoviy, Abdulmunʼim al-Qushayriy, Zohir ash-Shahomiy va ularning tabaqasidagi boshqa ulamolardan hadis tinglagan[1].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik Marvga kelgan va 539/1144 y. rabiʼu-l-avval oyida vafot etguniga qadar shu yerda istiqomat qilgan[2].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.