Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy
Qiyofa
Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy yil (hijriy yil) |
Dini | Islom |
Abu Abdulloh al-Iyloqiy (arabcha: أبو عبد الله الإیلاقی — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy) — faqih.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Abdulloh al-Iyloqiy Xurosonda Hasan ibn Mas’uddan, Marvda ar-Ravzdan, Nishopurda Muhammad ibn Yahyodan fiqh ilmidan saboq olgan. Chiroyli siyratli olim ko‘p xayrli ish qilar, kishilarning hojatlarini chiqarishga doimo moyil bo‘lgan. As-Sam’oniy o‘zining „al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh al-Iyloqiyni o‘zi bilan Marvga kelib, „al-Amidiyya“ madrasasida vafot etgunicha yashaganlarini hamda Abu Abdulloh al-Iyloqiydan hadis ilmidan taʼlim olganini aytib o‘tgan. Abu Abdulloh al-Iyloqiy rabi’ul-avval oyida vafot etgan va Sinjzonda Yusuf al-Hamadoniy hazirasiga dafn qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. „Al-Muntaxab min mu’jam shuyӯx“. — Riyoz: 1417/1996. III, 1453-1454;
- Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 245.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |