Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Muso Shoshiy Fashoniy
Qiyofa
Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Muso Shoshiy Fashoniy (480/1088-556/1161 y.y) – faqih. U asli Shoshdan boʻlib, Fashonda yashagan. Fiqh ilmini Marvarrudda Imom Abu Muhammad Husayn ibn Masʼud ibn Farro Bagʻaviydan oʻrgangan. Shuningdek, Farro jamlagan “Kichik Arbaʼin”ni eshitgan. U salohiyatli, xokisor va taqvodor faqih boʻlgan, 556/1161 yil shaʼbon oyining 16-kuni Munih qishlogʻida vafot etgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- N.Muhamedov, Islomshunoslik qomusiy lugʻat 303 bet, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi. -T.: „Movarounnahr“. 2014