Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy
Ibn Moja, toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy – yirik muhaddis.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Moja 824-yilda Qazvin shahrida tugʻilgan. U hofiz, toʻgʻrisoʻz tanqidchi, keng fikrli olim boʻlgan. U yoshligidan Payg‘ambar (sav)ning hadislari va b. diniy ilmlar bilan shugullana boshlagan. Hadis yigʻish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qilib, koʻplab shayx, muhaddislardan dars olgan, bahs va munozaralarda ishtirok etgan va hadis ilmining yetuk bilimdoni darajasiga yetishgan. Ibn Moja koʻplab shogirdlar yetishtirgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Mojaning eng yirik asarlari sirasiga „Kitob as-Sunan“ („Paygʻambar sunnati haqida“), „Tafsir al-Qur’on al-Karim“ („Qur’oni karimga tafsir“), „Kitob at-Tarix“ („Tarix kyitobi“). Ibn Moja ijodining bosh asari boʻlmish „Sunan“ asarini musulmon olimlarining koʻpchiligi „Sihah as-sitta“ („Olti sahih hadislar toʻplami“)ga oltinchi toʻplam sifatida kiritganlar. Uning ushbu asari 32 qism, 1500 bobdan iborat boʻlib, 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta „Sahih“ toʻplamlariga berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis qoʻshimcha hisoblanadi. Ibn Moja „Sunan“ asariga Al-Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505 y. v.e.) va Shayx as-Sindi al-Madiniy (1725 y. v.e.) sharxlar yozishgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Husniddinov, Zuhriddin. Islom Ensiklopediyasi. Toshkent: „O'zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.