Kontent qismiga oʻtish

Abu Abdulloh al-Kotiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Abdulloh al-Kotiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1269-yil (hijriy 667-yil)
Vafoti milodiy 1341-yil (hijriy 741-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi imom

Jobir ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulaziz ibn Yusuf al-Xorazmiy al-Kotiy (Abu Abdulloh) — faqih. O‘z zamonasida Iftixoriddin laqabi bilan tanilgan imom. U milodiy 1269-yil (hijriy 667-yil)ning shavvol oyining 10-sanasida tavallud topgan. Ilm talabi bilan dunyo kezgan olim. Abu Abdulloh al-Kotiy milodiy 1341-yil (hijriy 741-yil)ning muharram oyida Qohirada vafot etib, o‘sha yerga dafn etilgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 26-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.