Kontent qismiga oʻtish

Abu Ahmad Iso ibn Junayd Nahviy Adiyb Kissiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Ahmad Iso ibn Junayd Nahviy Adiyb Kissiy IX asrda yashagan muhaddis, faqih, arab tili olimi va adib boʻlgan. Oʻz davrining eng mashhur muhaddislaridan sanalgan Yazid ibn Horun, Abu Uʼbaydi ibn Muammar ibn Musanniy, Hishom ibn Kalbiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Uning „Kitobu-t-tasrif“ („Feʼllarning tuslanishi“) nomli arab tili gramatikasiga oid asari boʻlgan. Sahl ibn Shozuya u haqda shunday eʼtirof etadi: „Men Abu Ahmad Iso ibn Junayd Nahviy Adiyb Kissiydan aqlliroq birorta xurosonlikni va arab tilini undan koʻproq bilguvchi bironta kishini uchratmadim“ dedi. Bu unga berilgan yuksak eʼtirof boʻlib, uning yana bir ulugʻ jihati shundaki, undan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Adbdulhamid Keshiy va boshqa muhaddislar hadis rivoyat qilib uning shogirdlaridan sanalgan[1]. Uning ismiga „al-Adiyb“ va „an-Nahviy“ ning qoʻshib aytilishi Abu Ahmad Iso ibn Junayd Kissiyning buyuk adiyb va nahviyn arab tili bilimdoni boʻlganiga ishorat qilgan.

  1. Самарқандия. – Б. 187.