Kontent qismiga oʻtish

Abu Ahmad Muhammad Astug‘dadiyziy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Ahmad Muhammad Astug‘dadiyziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1047-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy (arabcha: أبو أحمد محمد الأستغداديزى — Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad Astugʻdadiyziy) — Roviy.

Toʻliq ismi Abu Ahmad Muhammad ibn Ahmad ibn Abu an-Nazr Ahmad ibn Abulqosim Hamdon al-Astugʻdodiyziy. U X asrning ikkinchi yarimida Nasafga qarashli Astugʻdadiyza qishlogʻida tugʻilgan.

Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy odobi bilan oʻz davrining solih va vazmin shayxi va olimi boʻlgan. Gʻaznaga borgan va u yerda Sulton Mahmud Sabukteginning baʼzi farzandlariga taʼlim va odob berish bilan shugʻullangan. Soʻngra oʻz Vataniga qaytib, shu yerda muqim yashab qolgan. Faqat ibodat bilan mashgʻul boʻlgan.

Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abu Bakr ar-Roziydan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziydan Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Bakr an-Nagʻshabiy hadis rivoyat qilgan.

Abu Ahmad Muhammad Astugʻdadiyziy 439/1047-yili rabiʼulavval oyida vafot etgan. Janozasiga Nasaf qasabasi va qishloqlaridan kelgan koʻp odamlar qatnashgan[1].

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.1. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 137.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 33.