Kontent qismiga oʻtish

Abu Aqo ibn Bahouddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Aqo ibn Bahouddin
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi tarix

Abu Aqo ibn Bahouddin -(XVI asr oxiri XVII asr boshida yashagan) – tarixchi.

Abu Aqo ibn Bahouddin Xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy Maxdumi Aʼzamning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540-49 yillar) saroyida kichik davlat lavozimida ishlagan. U bobosiga atab „Jomiʼu-l-maqomoti Maxdumi Aʼzam“ („Maxdumi Aʼzam maqomotlari majmui“) kitobini yozgan (1617-yil). Bu asarda Maxdumi Aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning XVI asr 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid qimmatli maʼlumotlar keltirilgan[1].

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil b.17