Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Narshaxiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr Narshaxiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 899-yil (hijriy 286-yil)
Vafoti milodiy 959-yil (hijriy 348-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tarixchi olim

Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy (Abu Bakr) — tarixchi olim. U Buxoroning Narshax nomli qishlog‘ida milodiy 899-yil (hijriy 286-yil) tavallud topgan. Uning „Tarixi Buxoro“ nomli asari bor. Bu asar qo‘lyozma nusxalari va tarixiy adabiyotlarda „Tarixi Narshaxiy“, „Axbori Buxoro“, „Tarixi Buxoro“ nomlari bilan yuritiladi. Mazkur asar milodiy 943—944-yillar (hijriy 332-yil)da arab tilida yozilgan bo‘lib, bizgacha yetib kelmagan. Ammo uning quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan hijriy 523-yil (milodiy 1129-yil) fors tiliga qilingan tarjimasi yetib kelgan. Bu asar hijriy 332—343-yillar (milodiy 943—954-yillar)da taxtga o‘tirgan Somoniylar davlati hukmdori Amir Hamid Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Samʼoniyga bag‘ishlangan. „Buxoro tarixi“ kitobi birgina Buxoro tarixini emas, balki butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganish uchun qimmatli tarixiy asardir.

Abu Bakr Narshaxiy milodiy 959-yil (hijriy 348-yil) vafot etga[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 28-29-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.