Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Nasafiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir, mudarris

Abu Bakr Nasafiy (arabcha: أبو بكر النسفي — Abu Bakr Nasafiy — Muhammad ibn Abu Bakr Nasafiy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Abu Bakr Nasafiy (Sharafuddin Husom) (XII-XIII asrda yashagan) — Shoir va mudarris.

Abu Bakr Nasafiy XII asr oxiri va XIII asr boshlarida Samarqandda yashagan taniqli olim, shoir va mudarris. Samarqand madrasalarida dars bergan. „Lubobu-l-albob“, „Javomi’u-l-hikoyot va-l-avomi’u-r-rivoyot“ asarlarining muallifi bo‘lgan mashhur adib Nuriddin Muhammad Avfiyga ustozlik qilgan. Abu Bakr Nasafiy diniy ilmlarni puxta egallagan bu zot sheʼriyatda ham mahorat bilan qalam tebratgan. Shoirning „Nashkanad“ („Sinmaydi“) radifli qasidasi nihoyatda mashhur bo‘lgan. Avfiy bu haqda shunday bir voqeani keltirib o‘tadi: Sharafuddin Husom hajga ketayotib, Ray shahrida to‘xtaydi. Ittifoqan bu shaharga mashhur shoir Afzaluddin Hoqoniy ham kelgan edi. Sharafuddin u bilan suhbatlashgani boradi. Birinchi uchrashuvdayoq Hoqoniy: „Nashkanad“ qasidasining muallifi sizmisiz?" deb so‘raydi. Bundan Sharafuddin bir oz ranjiydi. Chunki u sheʼriyatdan boshqa ko‘plab ilmlarda ham tanilgan edi. U shunday deydi: „Ha, yoshlikda nodonlik qilib sheʼriyatga ham qo‘l urganmiz, ammo endi undan tavba qildik“. Hoqoniy bunga javoban shunday deydi: „Ey mavlono, qaniydi butun devonim sizniki bo‘lsa-yu, sizning ana shu qasidangiz meniki bo‘lsa. Chunki umrimizning aksar qismi sheʼr yozish bilan o‘tadi, kasbimiz shu, ammo sizning qasidangizga o‘xshash biror satr bitolmadik“. Hoqoniy Sharafuddin Husomni katta ehtirom va sovg‘a-salomlar bilan kuzatib qo‘yadi.[1]

“Nashkanad”.
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 460.