Abu Bakr Razmoziy
Abu Bakr Razmoziy (arabcha: أبو بكر رزمزي — Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Jobir ibn Qarqon Razmoziy Soʻgʻdiy) — roviy.
Aksar manbalarda u Abu Bakr Razmoziy deb keltirilgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning „Muʼjam al-buldon“ kitobida keltirilishicha Abu Bakr Razmoziy hadis oʻrganish sir-asrorlarini Hasan ibn Sohib Shoshiy, Abu Naʼim Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Astarboziy va Zohir ibn Abdulloh ibn Xusayn Soʻgʻdiy kabi ustozlardan oʻrgangan va ulardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan[1].
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Bakr Razmoziydan hofiz Abu Saʼd ibn Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy va Abu Hafs Umar ibn Ahmad ibn Muhammad Shohiniylar ham hadis tinglagan va rivoyat qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida qayd etilishicha Abu Bakr Razmoziy 377/987 yoki 379/989 yilda vafot etgan[2].