Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr al-Ishtixoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto al-Ishtixoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 906-yil (hijriy 293-yil)
Vafoti milodiy 991-yil (hijriy 381-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abu Bakr al-Ishtixoniy (arabcha: أبو بكر الإشتخاني — Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Matto al-Ishtixoniy) — roviy.

Abu Bakr al-Ishtixoniy nihoyatda kuchli bilim, yuksak maʼnaviyat, fiqh ilmi borasida keng tafakkurga va o‘z zamonasining taniqli hadis roviylaridan bo‘lgan. Abu Bakr al-Ishtixoniy Imom al-BuxoriyningAl-­Jāmi’ as-sahӣhhadislar to‘plamini mukammal o‘rganib, undan rivoyat qilish va dars berishga ijozat olgan.

Allomadan Abu Komil al-Basriy, Abu Saʼd al-Idrisiy, Ali ibn Suxtam as-Samarqandiy va faqih Abu Nasr ad-Dovudiy kabi bir qancha olimlar hadis o‘rganganlar.

Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad al-­Jazariyning „Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb“ kitobida keltirilishicha, alloma Abu Bakr al-Ishtixoniy 991-yil (hijriy 381-rajab oyida 87 yoshida Ishtixonda vafot etgan[1].

  1. Az-Zahabiy. Siyar. XVI, 521;
  2. Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ash-Shayboniy al-Jazariy. Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb. 63;
  3. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. I, 163;
  4. Yoqut. Mu’jam. I, 370;
  5. Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 20;
  6. O‘rta asr Sharq allomalari ensik­lopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 159.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.