Abu Fazl Ishtixoniy
Qiyofa
Abu Fazl Ishtixoniy (arabcha: ابو فضل اشتيخاني — Abu Fazl Muhammad ibn Amr ibn Muhammad ibn Abbos ibn Ali Maxzumiy Ishtixoniy Soʻgʻdiy Samarqandiy) — faqih.
Abu Fazl Ishtixoniy XI asrda Ishtixonda tavallud topgan. U zamonasining faqihi, adibi, grammatika ilmi bilimdoni va solih kishisi boʻlgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Fazl Ishtixoniy fiqh ilmi borasida Muhammad ibn Husayn Kashoniydan va Qurʼoni karimni qiroat qilish borasida esa Abu Bakr Muhammad ibn Abdulaziz ibn Tohir Buxoriydan (vaf. 525/1131 y.) taʼlim olgan[1].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Fazl Ishtixoniy 560/1164 yili vafot etgan[2].