Kontent qismiga oʻtish

Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Musiqashunos, Shoir

Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy (arabcha: أبو حفص حكيم بن أحواس صغدي — Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy (IX asr) ) — musiqashunos va shoir.

Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy IX asrda yashagan mashhur musiqashunos va shoir. Samarqandning “So‘g‘diyon” dahasida tavallud topgan. Arab aruz vaznida birinchi marta forscha she’r aytgan. “Lug‘atnoma”da Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diyning quyidagi bayti keltirilgan:

Ohuyi kuhi dar dasht chiguna davado, 
U nadorad yor, be yor chiguna ravado.

Mazmuni:

Tog‘ ohusi dashtda nimaga chopib yuribdi? 
Uning yori yo‘q-ku, yorsiz qanday yuribdi?

Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diy musiqa san’atida ham nihoyatda mohir bo‘lgan. Abu Nasr Forobiy o‘z kitobida Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diyning “shohrud” nomli musiqa asbobini ixtiro qilgani haqida yozadi. Abu Hafs Hakim ibn Ahvas So‘g‘diydan keyin bu asbobdan hech kim foydalana olmagan.[1]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 622.
  • Mahdiy Sitoyashgar. Nom noma musiqiy Iron. – B. 44
  • I.Abdullayev, H.Hikmatullayev. Samarqandlik olimlar. – B. 12.