Kontent qismiga oʻtish

Abu Hamza Xurosoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hamza Xurosoniy (902-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Nishopurdagi javonmardlik tariqati shayxlaridan. Iroq shayxlari bilan yaqin aloqada boʻlib, Junayd Bagʻdodiy, Horis Muhosibiy, Abu Turob Naxshabiy va Abu Nasr Sarroj bilan muloqot qilgan. Vajd va hol maqomida oʻz davrida benazir sanalgan. Ayrim tasavvuf manbalarida uni abrorlar toifasiga kiritishgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.