Kontent qismiga oʻtish

Abu Lays Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Lays Samarqandiy
Tavalludi 944
Vafoti 983

Abu Lays Samarqandiy (Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy) (944 — 1003) — Samarqand shahrida tavallud topgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, uning ajdodlari Samarqandga Eronning Tus shahridan koʻchib kelishgan. Qonunshunos va ilohiyot olimi, Samarqand shayxulislomi boʻlgan. „Xizonat ul-fikh“ („Fiqh xazinasi“), „Boʻston ul-orifin“ („Oriflar boʻstoni“), „Tafsir ul-Qur’on“ („Qur’on tafsiri“) va shunga oʻxshash bir qancha asarlari mashhur.[1]


Zamonasining yetuk fiqh va tafsir olimi, fozil va nufuzli kishisi boʻlgan.  Asarlaridan quyidagilarini koʻrsatish mumkin:

1. „Tafsirul Qur’on“.  Toʻrt jildli boʻlib, eng yaxshi tafsirlardan hisoblangan.

2. „Xizonat al-fiqh“ („Fiqh xazinalari“).  Bu asarda hanafiy mazhabi aqidalari asosida musulmon qonunshunosligi (fiqh)ning qisqacha taʼrifi berilgan.  Uning 1467 va 1814-yilda kuchirilgan ikki qoʻlyozmasi OʻzR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

3. „An-Navozil“ (Nozil boʻlganlar).  Bu fatvolar haqidagi kitobdir.

4. „Kitob muxtalif ar-rivoyat“ (Turli rivoyatlar haqida kitob).

5. „Bo‘ston al-orifin“ (Oriflar bo‘stoni). Bu axloq va tarbiyaga oid muhim asar. Unda taʼlim-tarbiyaga oid ko‘p rivoyatlar, tarixiy voqealar, hikoyalar va hadislar keltirilgan. Asar 159 bobdan iborat bo‘lib, uning ilm o‘rganish, salom berish, aql haqida aytilgan narsalar, ovqat yeyish qoidalari, ichimliklar, tabobat, ilm va adab fazilatlari kabi boblar, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

6. „Tanbeh al-g‘ofilin“ (G‘ofillarga tanbeh). Asar 94 bobdan iborat bo‘lib, ota-onaning bola oldidagi huquqlari, bolaning ota-ona oldidagi huquqlari, sharob ichishdan qaytarish, yolg‘on so‘zlashdan qaytarish, hasad, yetimlarga xayru saxovat, rahm-shafqatli bo‘lish, kasbning fazilatlari kabi boblari nihoyatda katta ahamiyatga egadir. „Tanbeh al-g‘ofilin“ning Buxoro amiri Haydar (1800-1826) topshirig‘i bilan 1873-yil ko‘chirilgan qo‘lyozmalari Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

  1. "Abu Lays Samarqandiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil