Abu Nasr Xorazmiy
Abu Nasr Xorazmiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | matematik, astronom |
Abu Nasr Xorazmiy (arabcha: أبو نصر الخوارزمی; toʻliq ismi: Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Ali Xorazmiy) — matematik va astronom.
Abu Nasr Xorazmiy matematik va astronom olim boʻlib, Xorazmshoh saroyidagi Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor va Abu Rayhon Beruniy kabi olimlar bilan muloqotda boʻlgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorazmshoh Abulabbos Maʼmunga bagʻishlab “Kitob fi kuriyyatis samo” (“Samoning shar shaklida ekani haqida kitob”), “Risola fil halli shubhatan arazat fil maqolatis solis ashara min kitobil usul” ("Evklid “Negizlar” kitobining oʻn uchinchi maqolasida yuz bergan shubhani hal qilish haqidagi risola”), “Risola fi sanʼatil usturlob bit tariqis sinaʼiy ila Abi Abdallah Muhammad ibn Ali Maʼmun” (“Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Maʼmunga usturlobni sunʼiy usulda yasash haqida yuborilgan risola”) kabi asarlar yozgan. Oʻz davrida “Batlimusi soniy” (“Ikkinchi Ptolemey”) degan faxriy nom olgan.[1]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 753.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |