Abul-Favoris Ahmad ibn Yoqub
Abul-Favoris Ahmad ibn Yoqub XI asr boshlarida Suriyada faoliyat yuritgan ismoiliy olim va targʻibotchi (daʼvatchi) edi[1]. Oʻsha paytda Suriya asosan Fotimiylar xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. Abul-Favoris Fotimiy imom-xalifa al-Hakim (hukmronlik davri 996–1021) zamonida yashagan[2] va ismoiliy olimlar Ahmad ibn Ibrohim al-Naysoburiy hamda Hamiduddin al-Kirmoniy bilan zamondosh boʻlgan. Ular uchtasi imomat haqidagi ismoiliy gʻoyalarni, bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqqanlar, chunki ularning asarlarida bir-birlarining ishlariga havolalar keltirilmagan[3].
Abul-Favorisning hozida maʼlum boʻlgan yagona asari „Risola fi’l-imoma“ („Imomat haqidagi risola“) boʻlib[2], 1017-yildan oldin yozilgan boʻlishi mumkin. Asar oʻn olti bobdan iborat boʻlib, bu al-Hakimning oʻn oltinchi ismoiliy imom ekanligiga moslashtirib yozilgan. Unda Abul-Favoris imomat mavjudligining zaruriyati haqida bahs yuritadi, chunki uning fikricha, Qur’on, shariat (islom qonunlari majmuasi) va sunnat (Muhammad paygʻambarga nisbat berilgan anʼanalar) yetarli emas[2]. Ushbu risola Sami N. Makarem tomonidan tanqidiy fikrlari bilan ingliz tiliga tarjimasi „Ismoiliylarning siyosiy taʼlimoti: Imomat“ nomi ostida nashr etilgan. Kitob 1977-yilda Nyu-York shtatining Delmar shahrida joylashgan Caravan Books nashriyotida chop etilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lalani 2010, ss. 12, 22.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Lalani 2010, s. 22.
- ↑ Lalani 2010, s. 12.
- ↑ Lalani 2010, s. 97.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lalani, Arzina R.. Degrees of Excellence: A Fatimid Treatise on Leadership. A new Arabic edition and English translation of Aḥmad b. Ibrāhīm al-Naysābūrī's Kitāb ithbāt al-imāma. London and New York: I. B. Tauris, 2010. ISBN 978-1-84511-145-8.