Kontent qismiga oʻtish

Abul Abbos al-Mursiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Mursiy Abul Abbos (1219-yil Mursiyada tugʻilgan – 1287) (arabcha: أبو العباس المرسي) Nasriylar davrida yashagan Andaluslik avliyo boʻlib, keyinchalik Misrning Iskandariya shahriga koʻchib oʻtgan. Toʻliq ismi Shahobiddin Abul Abbos Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al-Ansoriy al-Mursiy. Al-Mursiy Abul Abbos Misrning toʻrtta tan olingan ustoz avliyolaridan biri hisoblanadi. Avliyolardan uchtasi Ahmad al-Badaviy, al-Dessuqiy va al-Haggagdir. Misrdagi hurmati va merosi tufayli Mursiy ismi mamlakatda keng tarqalgan ismga aylangan.

Shahob Al-Andalusning Mursiya shahrida hijriy 616-yilda (milodiy 1219) savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi badavlat oilada tug‘ilgan va diniy ilmlar boʻyicha yaxshi ma’lumotga ega bo‘lgan.

Otasiga savdo ishlarida yordam berib ulgʻaygan. Halolligi va muhtojlarga koʻp yordam berishi bilan mashhur boʻlgan. Ispaniya ustidan nasroniylar nazorati kuchayishi tufayli 640-yilda (milodiy 1242) oilasi bilan Ispaniyani tark etgan. Biroq, ota-onasi Tunisgacha yetib borishga muvaffaq boʻlmagan.

Ash-Shoziliy bilan uchrashuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahob Tunisda Shayx Abul Hassan ash-Shoziliy, shoziyya soʻfiy tariqati asoschisi haqida eshitib, u Misrdagi Iskandariyaga koʻchib kelganida hamrohlik qilgan. Ispaniya hududlari asta-sekin dushman nasroniy kuchlari hukmronligi ostiga oʻta boshlagani tufayli ispaniyalik koʻplab musulmon olimlar yashash uchun Iskandariyani tanlagan. Al-Shoziliy eng yaxshi shogirdlaridan biriga aylangan Shahobni yaxshi koʻrardi. Abul Abbos al-Mursiy, Shahob Iskandariyada shu nom bilan mashhur boʻlgan, ash-Shoziliyning qiziga uylanib, undan ikki qiz va bir oʻgʻil koʻrgan. Ash-Shoziliy hijriy 686-yilda (milodiy 1287) vafotigacha 43 yil Iskandariyada yashab, musulmonlarga muallimlik qilgan.

Ibn Ataulloh bilan uchrashuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida butunlay boshqa fikrda boʻlgan Ibn Atoulloh keyinchalik so‘fiylikni Islomning ajralmas qismi sifatida ko‘ra boshlagan. Ibn Atoullohning tasavvufga dastlabki qarshiliklari Abul Abbos al-Mursiy shogirdlari bilan boʻlgan bahslarda namoyon boʻlgan. Hijriy 674/milodiy 1276-yilda Ibn Atoulloh Abul Abbos al-Mursiyning ochiq maʼruzasida qatnashib, shundan soʻng tasavvufga moyilligi oshib, Abul Abbos al-Mursiyning eng jiddiy va istiqbolli talabalaridan biriga aylangan. Fikrning bunday oʻzgarishi Abul Abbosning islom fiqhini bilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu esa Ibn Atoullohni shogirdlarining hukmini qayta koʻrib chiqishga majbur qilgan[1].

Iskandariyadagi masjidi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Al Mursiy Abul Abbos masjidi

Iskandariyaning Anfoushi tumanidagi qabri ustiga masjid qurilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan bu masjid Iskandariyadagi barcha masjidlar ichida eng mashhuri — Abu al-Abbos al-Mursiy masjidiga aylangan.

  1. Cook, Abu Bakr Sirajuddin. Ibn 'Ata' Allah, Muslim Sufi saint and gift of heaven, Newcastle upon Tyne, UK, 2017. ISBN 978-1-4438-7387-1. OCLC 992577804. 
  • D. M. Dunlop, "A Spanish Muslim Saint: Abul-'Abbas al-Mursi", in: The Muslim World, Volume 35 Issue 3, P. 181 - 196
  • Ibn Ata Allah al-Iskandari, The Subtle Blessings in the Saintly Lives of Abul Al-Abbas Al-Mursi & His Master Abu Al-Hasan Al-Shadhili, translated by Nancy Roberts, ed. Fons Vitae, 2005 ISBN 978-1-887752-61-9
  • Hizb Abul 'Abbas al Mursi: "The Litany of Abul 'Abbas al Mursi", in: Awrad Book- English Invocations of the Shadhili Order, compiled by Shaykh Nuh Ha Mim Keller Cairo, Egypt 2006 p. 59;