Kontent qismiga oʻtish

Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy,Bagʻdodiy—faylasuf, tabiatshunos, tabib. Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlari saroyida tabiblik qilgan.1077-1164—yillarda yashagan.

Bagʻdodiyning asosiy asari „al-Mu’tabar fil hikma“ bizgacha yetib kelgan. Bu asar sharq peripatetizmi ruhida yozilgan bo‘lib uch qismni — mantiq,fizika va metafizikani o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bo‘limda (Ibn Sino fizikasiga nisbatan) muammoni toraytirib, asosiy eʼtibor tabiiy-ilmiy masalalarni tadqiq etishning asosiy vositalari sifatida tajriba va kuzatishga qaratiladi.Metafizikada, asosan, sharq peripatetiklari izidan borib Bagʻdodiy ularning ayrim qoidalarini tanqid qiladi. Unga ko‘ra yagonalikdan faqat yagonalik kelib chiqadi, abadiy o‘tkinchi hodisalarni (havodis) o‘ziga sig‘dira olmaydi, xudoning mohiyatidan tashqari uning boshqa atributlari bo‘lishi mumkin emas hamda o‘nta fazoviy akdlar mavjud deb tanqid qildi. Keyinchalik bu tanqid kalom bilan falsafani yaqinlashtirishga zamin hozirlagan ar-Roziy tomonidan davom ettirildi.

  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.