Kontent qismiga oʻtish

Abulabbos Ahmad Ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulabbos Ahmad Ishtixoniy (arabcha: أبو العباس أحمد اشتيخاني — Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Ishtixoniy) — faqih.

Abulabbos Ahmad Ishtixoniy fiqh boʻlib, asosiy taʼlimni Abu Jaʼfar Hindivoniydan olgan. Abu Jaʼfar Hindivoniy esa mashhur faqih Abu Bakr Muhammadi ibn Soʻiy ibn Aʼmanning shogirdi boʻlgan. Natijada zamonasining mashhur faqihlaridan boʻlib etishgan. U 370/980 yillardan soʻng Nasafda qozilik lavozimida faoliyat yuritgan[1]. Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha Abulabbos Ishtixoniy: „Men Abu Jaʼfar Hindivoniydan eshitdim. U aytar edi: Men faqih Abu Bakr Muhammad ibn Saʼiy ibn Aʼmashdan eshitdim“, — deydi[2].

  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 28.
  2. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 73.