Kontent qismiga oʻtish

Abulabbos Baxtiyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulabbos Baxtiyor
Tavalludi IX asr oxiri
Buxoro
Vafoti X asr birinchi yarmi
Buxoro
Kasbi xonanda, sozanda va musiqashunos
Fuqaroligi Somoniylar davlati

Abulabbos Baxtiyor (IX asr oxiri — X asr birinchi yarmi) — Somoniylar sulolasi davrida ijod qilgan xonanda, sozanda va musiqashunos olim.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulabbos Baxtiyor Buxoroda tug‘ilgan. Uning tug‘ilgan va vafot etgan yili noma’lum. U IX asr oxiri va X asr boshlanish davrining yirik xonandasi, sozandasi va musiqashunosi hisoblanadi, juda yoshligidan arab va yunon tillariga rag‘bat bildirib, uni mukammal egallab oladi[1].

Abulabbos Baxtiyor Barbat (ud) sozining mohir ijrochisi sifatida Somoniylar davrida katta shuhrat qozonadi. U Buxoroda musiqa maktabini ochib, o‘zi musiqa nazariyasi va amaliyoti ilmidan yoshlarga saboq beradi. Abulabbos Baxtiyor maktab o‘quvchilari uchun musiqa nazariyasi fanidan qator darsliklar yaratadi[2]. Shuningdek, yunon olimlari Ptolemey va Yevklidlarning „Ritmika“, „Musiqa qonunlari“ kabi yirik asarlarini tarjima qilib maktab dasturiga kiritadi. Uning bu asarlaridan keyinchalik Abu Ali Ibn Sino va Abu Nasr Forobiylar o‘z risolalarini yozishda foydalanadilar.

Abulabbos Baxtiyor o‘z hayoti davrida ko‘p shogirdlar tayyorlaydi. Ulug‘ shoir va sozanda Abu Abdulloh Rudakiy uning eng mohir shogirdlaridan biri bo‘lgan. Abulabbos Baxtiyor tomonidan yaratilgan musiqaga doir darsliklar, shuningdek, qo‘llanmalar bizgacha yetib kelmaganligi bois mazkur kitob yoki risolalar nomlari bugungi kunda ma’lum emas. Eng muhimi, Abulabbos Baxtiyor tomonidan IX asrdayoq Buxoroda musiqa maktabi ochilib, unda musiqaga oid turli darslik va qo‘llanmalar yaratilganidir. Bu esa Sharqda IX asrdayoq o‘ziga xos nota belgisi mavjud ekanligidan dalolat beradi.

  1. Тўраев Ф. Бухоро муғаннийлари. Тошкент: Фан, 2009. — 8-bet. 
  2. Islomov D. Sharq musiqasi tarixidan. Toshkent: Fan vа texnologiya, 2017. — 19-bet.