Abulabbos bin Masruq
Qiyofa
Abulabbos bin Masruq, Ahmad bin Muhammad bin Masruq (911-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Eronning Tus shahrida tugʻilib, Bagʻdodda yashagan. Muhammad bin Mansur Tusiy, Horis Muhosibiy, Sariy Saqatiy, Muhammad bin Husayn Burjaloniydan tasavvuf sirlarini oʻrgangan. Abu Abdulloh Roʻdboriyning ustozi. Junayd Bagʻdodiyning yaqin safdoshi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat" (birinchi jild).