Abulasvad Roʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulasvad Roʼiy – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Oldin choʻponlik qilgan majzub soliklardan. Ansoriy, Jomiy va Navoiy tazkiralarida obdastasidan tahorat payti suv, och qolganida sut oqqanligi haqida bir xil maʼlumot berilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.