Kontent qismiga oʻtish

Abulfath

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Z.M.Boburga xizmat qilgan iroqlik turkman beklaridan. Otasi Amir Umarbek Xurosonga kelib, Sulton Xusayn va Badiuzzamon huzurida bek boʻlgan. Bobur e’tibori ostida tarbiyalanib, harbiy yurishlarda ishtirok etgan. 1526-yil Hisori Feruza viloyatiga, Hamidxon Sorangxoniyga qarshi yuborilgan qoʻshinga Chintemur Sulton va Ahmadiy Parvonachi bilan birga boshchilik qilgan. Gʻalabadan soʻng u Do‘lpur qoʻrgʻoniga shiqdor etib tayinlangan. Boburiylar davlatidagi obodonchilik ishlarida faol qatnashgan, xususan, Doʻlpurda hammom va Samarqand usulida chorbogʻ qurdirgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. – Т.: 2014.