Abulhomid Asvad
Qiyofa
Abulhomid Asvad – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Qora tanli boʻlgani uchun “Zanjiy” nisbasi bilan ham eslanadi. Abu Ali Rudboriyning ustozi. Masjid ul-Haramda oʻttiz yil eʼtikofda oʻtirgan. Vajd holiga tushganda rangi oqarib, oʻziga kelganida yana asl rangiga qaytgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.