Kontent qismiga oʻtish

Abulma'oliy Marg‘inoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abulma'oliy Marg‘inoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abulmaʼoliy Marg‘inoniy (arabcha: أبوالمألي مارغيناني — Abulmaʼoliy Marg‘inoniy — Toʻliq ismi: Amirulimom Abulmaʼoliy Qays ibn Ishoq ibn Muhammad ibn Amirak Marg‘inoniy (vafoti 526/1132-yil)) — Roviy.

Abulmaʼoliy Marg‘inoniy haqida Najmiddin Umar NasafiyningAl-qand“ asarida maʼlumot berilgan. Alloma umrining aksar qismini Samarqandda o‘tkazgan bo‘lib, shu yerda hadis ilmidan taʼlim olgan. Natijada hadis rivoyat qilish darajasidagi olim bo‘lib yetishgan. U 526/1132-yil shavvol oyining 19-da, juma kunida masjidda vafot etgan. Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn qilingan.[1]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 379.