Kontent qismiga oʻtish

Abussamad ash-Shiyoyiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abussamad ash-Shiyoyiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti XI asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abdussamad ash-Shiyoyiy (arabcha: عبدالصمد الشيايى — Abu Naʼim Abdussamad ibn Ali ibn Muhammad ash-Shiyoyiy — Faqih. Abdussamad ash-Shiyoyiy X asrda Buxoroga qarashli Shiyo qishlogʻida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni Shiyo qishlogʻida olgan. Keyinchalik Buxoroga borib u yerdagi olimlardan dasr olgan.

Abdussamad ash-Shiyoyiy hadis va fiqh ilmining sir-asrorlarini Abu Shuʼayb Solih ibn Muhammad as-Sajoriy va Abulqosim Ali ibn Muhammad ibn Muhammad al-Xazoʻiydan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan[1].

Abdussamad ash-Shiyoyiy XI asrda vafot etgan.

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.3. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 484.
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 238.