Abxarsa
Qiyofa
Turi |
Torli asboblar |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Chonguri,Panduri |
Abxartsa (gruzincha: აფხარცა) — gruzin xalq cholgʻusi[1]. Asbob Gruziyaga Abxaziyadan kirib kelgan[2]. Abxartsa asosan, jo'r uchun ishlatilgan[3]. Abxartlar joʻrligida yakkaxon qoʻshiqlar, qahramonlarni madh etuvchi she’rlar ijro etilgan. Abxartsaning koʻrinishi “qayiq” shaklida boʻlib, bitta yog'ochdan o'yilgan; asbobning umumiy uzunligi 480 mm. Asbobning yuqori qismi asosiy qismga biriktirilgan. Asbobning yuqori qismiga torlarni sozlash uchun ikkita sozlash qoziqlari biriktirilgan.