Kontent qismiga oʻtish

Acıbadem universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Acıbadem universiteti
Acıbadem Mehmet Ali Aydinlar universiteti
Asos solingan sanasi 2007-yil 18-may
Rektori Prof. Dr. Ahmet Shahin
Talabalari 5,134 ta
Bakalavriat 2842 ta
Aspirantura 248 ta
Doktorantura 162 ta
Manzili
Istanbul , Turkiya
Veb-sayti http://www.acibadem.edu.tr/

Acıbadem universiteti ( asl nomi: Acıbadem Mehmet Ali Aydinlar universiteti) 2007-yil 18-mayda tashkil etilgan notijorat fond universitetidir. Asosiy maqsadi sogʻliqni saqlash fanlarining barcha sohalarini birlashtirish boʻlgan universitet sogʻliqni saqlashdan tashqari boshqa sohalarda ham taʼlim berishni maqsad qilgan[1].

Acıbadem Sogʻliqni saqlash va Taʼlim Jamgʻarmasi 3-iyun 2002-yilda "Acıbadem universiteti" ni tashkil etish uchun ish boshlagan va universitet 2007-yil 18-mayda tashkil etilgan[2]. Universitetning taʼlim rejalari 2007-2009-yillar oraligʻida tayyorlangan va u 2009-2010-oʻquv yilida oʻzining birinchi talabalarini qabul qilish bilan taʼlimni boshlagan.

2009-yilda Maltepedagi vaqtinchalik kampusida oʻqishni boshlagan universitet 2013-yilda Atashehirdagi doimiy kampusiga koʻchdi. 2014-yilda Atakent Acıbadem universiteti kasalxonasi foydalanishga topshirildi.

2021-22-o‘quv yilida jami 5134 talaba: 1882 ta magistratura, 2842 ta bakalavriat, 248 ta aspirantura va 162 ta doktorantura yo‘nalishida tahsil olgan. 2022-yil holatiga koʻra, universitetda jami 541 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatgan 156 ta professor, 76 ta dotsent, 114 ta doktor, 80 ta o'qituvchi va 115 ta ilmiy xodim shular jumlasidandir[3].

Rektorlar

·        Prof. Dr. Nejmettin Pomir (2007-2011)

·        Prof. Dr. Ahmet Shahin (2011- )

Talabalar yotoqxonasi

Acıbadem universiteti yotoqxonasi 84 ta xona va 252 oʻringa moʻljallangan. Xonalar bir yoki ikki kishiga moʻljallangan. Har bir xonada mini muzlatgich, mikrotoʻlqinli pech, choynak, ovqat stoli, fen, televizor va barcha xonada hammom mavjud. Talabalar xonalarida kravat, yostiq, ko‘rpa-to‘shak, parta, devorga o‘rnatilgan kitobxon lampasi, g‘ildirakli ofis kreslosi, devorga mahkamlangan shkaf, javonlar va seyf mavjud.

Akademik birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  •  Tibbiyot maktabi
Acıbadem universiteti
  •  Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
  •  Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti
  •  Muhandislik va tabiiy fanlar fakulteti
  •  Farmatsevtika fakulteti
  •  Sogʻliqni saqlash fanlari instituti
  •  Ijtimoiy fanlar instituti
  •  Fan va texnologiya instituti

Kollejlar

  • Sogʻliqni saqlash xizmatlari kasb-hunar maktabi
  • Kasb-hunar maktabi

Rasmiy Sayt]

  1. „Acıbadem Üniversitesi Resmî Sitesi, Kuruluş Amacı sayfası“. 16-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. „Acıbadem Sağlık ve Eğitim Vakfı“. 17-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  3. „Yükseköğretim Bilgi Yönetim Sistemi“. istatistik.yok.gov.tr. 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.