Achchiqgarvuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Achchiqgarvuz (Citrulius colocynthis) — qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib oʻsuvchi bir yillik oʻsimlik. Palagining uz. 1 — 2 m. Barglari uchburchak shaklida, boʻyi 5 — 8, eni 4 — 5 sm. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7-12 sm, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sargʻish va qoramtir boʻladi. Achchiqgarvuz avgust-sentabrda gullab, oktabr-noyabrda hosil beradi. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi. Vatani Shimoli-Sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. Achchiqgarvuzning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil