Achhaiya (qishloq)
Achhaiya — Hindistonning Bokaro tumani boʻlib,Petarvar blokida joylashgan kichik elektrlashtirilgan[1] qishloq hisoblanadi[2].
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achhaiya - milliy avtomagistraldan 2 kilometr (1.2 mi) masofada (Milliy avtomagistral 7 (Hindiston) (eski raqamlash)) va shtat poytaxti boʻlgan Ranchidan bir soatlik masofa oraligʻida joylashgan hisoblanadi. Atrofdagi qishloqlarga Banga, Sadma, Ordana va Osam kiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achhaiya soʻzi sanskritcha akchhat soʻzidan olingan hisoblanib, "xom guruch" degan maʼnoni anglatadi. Achhaiya 1773-yilda Babu Atma Royga Ramgarh Rajdan Zamindari tizimi ostida Mouza Achhaiya berilganida paydo boʻlgan. Babu Laxmi Roy Mouza Achhaiyaning oxirgi Zamindori boʻlgan.
Festivallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achhaiya Roy oilasi tomonidan mart va aprel oylarida nishonlanadigan Vasant Kalin Durga Puja bayrami bilan mashhur hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Achhaiya Electricity Snapshot“. 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2014-yil.
- ↑ „Government of India Census Data“. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2014-yil.