Kontent qismiga oʻtish

Activistning qamalishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Activist ishi
Soha ijtimoiy tarmoq, blogerlik
Oʻtkazilgan joyi Toshkent
Boshlanish sanasi 8-aprel 2023-yil
Davomiyligi 32 kun
Tugash sanasi 10-may 2023-yil
Maqom tugal

Activist ishi, shuningdek, Activistning qamalishi — Ijtimoiy tarmoqlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha videomateriallar tayyorlovchi bloger[1], ACTIVIST nomi ostida tanilgan Hojiakbar Nosirovning hibsga olinish[2] hodisasi.

Qisqa maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ACTIVIST (asli ismi Hojiakbar Nosirov; 1997-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) — YouTubedagi oʻzbek auditoriyasi orasida mashhurllika erishgan oziq-ovqat mahsulotlari blogeri[3][4].

2023-yilning 8-aprel sanasida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan bloger — ACTIVISTning qamalganligi haqida maʼlumotlar tarqala boshladi[4][5]. Qamoqqa olinishing sababi oʻlaroq 2023-yilning 5-aprel sanasida oʻz auditoriyasi orasida baʼzi turdagi yogurt mahsulotlari tarkibida karmin moddasi borligi, uning islom dinida harom (taqiqlangan) ekanligi hamda uni isteʼmol qilmaslik kerakligi[6] haqida chiqargan videosi sabab boʻlgan[7].

Shayxontohur tumani jinoiy ishlar boʻyicha sudi tomonidan blogerga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi (MJKning 184-3- (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddalariga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan) tayinlangan[5][7]. Uning yogurtlar haqida eʼlon qilgan videosi[8] diniy-ekstrimistik video deya baholangan[9]. Uning hibsga olinishi Oʻzbekistonda soʻz erkinligi bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan keskin muhokamalarga sabab boʻldi[9][10][11][12][13].

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatvo markazi rasmiylari karmin moddasi isteʼmoli boʻyicha boshqa davlatlar ulamolarining bergan fatvolarini iqtibos sifatida keltirib oʻtib, shunday munosabat bildirishdi:

Ushbu fatvolar ulamolar tomonidan e’lon qilingan bo‘lsada, zamonamizdagi ayrim ahli ilmlardan mazkur masalada ehtiyot yo‘lini tutishni tavsiya etganlari ham bor. Xulosa qilib aytganda, ulamolar ruxsat berib qo‘ygan tarafni olib ba’zi bir odamlar karmin moddasi qo‘shilgan mahsulotni iste’mol qilsa, taqvo va ehtiyot yo‘lini tutganlar ularni malomat qilmasliklari kerak[14].

— O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Ozodlikka chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bloger 2023-yilning 23-aprel kuni soat 16:00 da ozodlikka chiqqanligi haqida turli manbalarda maʼlumotlar kelgan[15], biroq, oʻzi ozodlikka chiqqani haqida 10-may kuni[16] rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi hisoblarida video joylagan[17][18].

  1. „ACTIVIST loyihasi asoschisi, taniqli bloger Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi“. uzreport.news. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  2. „Шахсий қарашларни мажбурий диний қоида сифатида талқин қилишга йўл қўйилмайди“. iibb.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  3. „"Terpila" yoki xalq qahramoni? — ACTIVIST & SUBYEKTIV“. Subyektiv. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 „"Aktivist" blogeri apellyatsiya shikoyatini o'z xohishi bilan bekor qildirdi“. yuz.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  5. 5,0 5,1 „Activist муаллифи блогер Ҳожиакбар Носиров 15 суткага қамалди“. bugun.uz. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  6. „Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi“. gazeta.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  7. 7,0 7,1 „Yogurtlarni harom deb aytgan bloger Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi“. daryo.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  8. Aktivist loyihasi rasmiy kanali „Diqqat! Ushbu ma’lumot aynan va faqqat videoda ko’rsatilgan yogurtlarga tegishli…“. Telegram.. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  9. 9,0 9,1 „ACTIVIST loyihasi muallifi 15 sutkaga qamab qo‘yildi“. kun.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  10. „“Dinga bog‘lab ayblov qo‘yish va qamab qo‘yish asossiz” – advokat “ACTIVIST” ishi haqida“. uzsmart.ru. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  11. „Kusherbaev "Activist"ga "ko`pirtirilgan" ayb qo`yilib, adolatsizlik qilingan, degan fikrda“. darakchi.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  12. „“Dinga bog‘lab ayblov qo‘yish va qamab qo‘yish asossiz” – advokat “ACTIVIST” ishi haqida“. kun.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  13. „Activist ishi: Rang beruvchi modda va o‘zbek blogerlari uchun "qizil chiziq"lar“. ozodlik.org. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  14. „“Activist” nega qamaldi?“. qalampir.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  15. „“Ko‘rsatma berishdan bosh tortgan”. Activist” qamalishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi“. qalampir.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  16. „«Ozodlikdaman, o‘lib ketganim yo‘q» – Activist loyihasi muallifi 15 sutkaga qamalganidan so‘ng ilk marta ommaga ko‘rinish berdi“. kun.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  17. „"Bundayam bir hikmat bordir" - ACTIVIST loyihasi asoschisi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalgandan keyin ko'rinish berdi“. uzreport.news. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.
  18. „“Menda hammasi yaxshi, ozodlikdaman”. Bloger Activist hibsga olinishidan bir oy o‘tib videomurojaat e’lon qildi“. daryo.uz. Qaraldi: 4-iyun 2023-yil.