Kontent qismiga oʻtish

Ad-Dayir

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Petradagi ulkan binolardan yana biri qoyada kesib ishlangan Ad-Dayr ibodatgoxi hisoblanadi. Uning kengligi 50 metr, balandligi – 45 metrni tashkil etadi. Devorlariga oʻyilgan xochlarga koʻra, uni qachonlardir nasroniylarning cherkovi boʻlgan, deb aytish mumkin.

Petrani 1812-yilda shveysariyalik tadqiqotchi Iogann Lyudvig Burkxardt topmaganida, mazkur shahar qumlar orasida koʻmilib ketar edi. Yoʻqolgan shaharni izlash maqsadida shveysariyalik sayyoh Damashqdan Qohiraga savdo karvoni bilan yoʻlga chiqqan. 1812-yilning avgustida sayyoh Petra shahri joylashgan yerdan uncha uzoq boʻlmagan yerga yetib keldi. Burkxard arab tilida bemalol gaplashgan, arab koʻchmanchilaridek kiyingan va oʻzini hammaga musulmon – Ibrohim ibn Abdullox deb tanishtirgan.

Shu bois, mahalliy arablardan hech ikkilanmay Muso paygʻambarning ukasi Horun paygʻambarning yakin oʻrtadagi tog tepasida joylashgan qabriga olib borishni iltimos qilgan. Mahalliy badaviy sayyohni Arava daryosining vodiysiga olib boradi. Uncha keng boʻlmagan Arava daryosi vodiysiga olib boruvchi daraga kirgach, shveysariyalik sayyoh koʻz oldida qumlar orasida qolgan va xarobalarga aylana boshlagan Petra shahri namoyon boʻladi. Burkxard keyingi 600 yil mobaynida dunyoning ushbu moʻjizasini koʻrgan ilk yevropalik edi.

Shahar yirik qoyatoshlardan barpo etilgani bois, baʼzi tadqiqotchilar Petraning bunyod etilishida ulkan ehromlarni qurgan misrliklarning qoʻli bor, degan fikrni oldinga suradilar. Ammo, Petrada olib borilgan tadqiqotlar shaharning qurilishiga misrliklarning aloqasi yoʻqligini koʻrsatdi. Ushbu shaharni qadimgi misrliklarga oʻxshash meʼmorchilikning yuksak choʻqqilarini egallagan boshqa xalq – nabataylar bunyod etishgan.

Hozirgi kunda Petra shahriga yiliga 500 mingdan ortik sayyoh tashrif buyuradi. Shaharning jozibali landshafti, sirli qoyalar kino industriyasi ustalari eʼtiborini oʻziga doim jalb etadi. Koʻpgina filmlar Petra suratga olingan.