Adabiy emakdosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiy emakdosh — teatr sahnasida dramatik asar qoʻyishda rejissyorlarga, asar matnining tahlil va tahrir qilishda teatr jamoasiga yordam beruvchi adabiy xodim. Adabiy emakdosh asl nusxa hamda tarjima asarlarni tahrir qilgan, teatr ijodiy jamoasi bilan birga asarni sahnalashtirishda ijodiy faoliyat koʻrsatgan. Choʻlpon, Zafariy, Gʻayratiy, Komil Yashinlar shu lavozimda ishlaganlar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil