Kontent qismiga oʻtish

Adinamiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Adinamiya (yunoncha. ad – inkor qoʻshimchasi va dinamia – quvvatsizlik) – holsizlik, tinka-mador qurishi. Adinamiya asosan, ochlik, ogʻir yuqumli yoki uzoq davom etgan holdan toydiruvchi kasalliklar, tanada oziq moddalar va buyrak usti bezi poʻst qavati gormonlari yetishmasligi, oʻpka, yurak, shuningdek qon yaratuvchi aʼzolar ishining buzilishi va boshqa kasalliklar natijasida sodir boʻladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil