Kontent qismiga oʻtish

Adinol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adinol (yunoncha adinos – zich) – albit va kvarsitdan iborat turli zichlikdagi metasomatik togʻ jinsi. Qoramtir mayda donali. Tarkibida bir oz seritsit, xlorit va kalsit boʻladi. Adinol natriy elementi ishtirokida yoki bu element ishtirokisiz gilli slanets yoki fillitlarning metasomatik oʻzgarishi, oʻz tarkibidagi materialning qaytadan taqsimlanishi natijasida turli otqindi (asosli) jinslar kontaktida yoki regional metamorfizm oqibatida paydo boʻladi. Adinol Oʻzbekiston gʻarbidagi metamorfik jinslar orasida keng tarqalgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil