Adip
Qiyofa
Adip — toʻn, paranji, mursak, chopon va boshqalarning oldi va etagiga ich tomonidan (astarning ustidan) qoʻyib tiqilgan 5-6 sm enlikdagi gazlama. Adip qora satin yoki qargʻa shoyining chetidan koʻndalangiga yoki uzunasiga qiyib olinib, bir-biriga ulab tayyorlanadi (Adipli chopon — yon va etaklariga adip qilingan chopon)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |