Kontent qismiga oʻtish

Adolf Vagner

Vikipediya, erkin ensiklopediya
1910

Adolf Vagner (Adolph Wagner) (1835. 25.3, Erlangen — 1917. 8.11, Berlin) — nemis iqtisodchisi, 23 yoshidan Freyburg, Gamburg, Vena, Berlin universitetla-rida moliya va siyosiy iqtisod kafedra professor Siyosiy iqtisoddagi ijtimo-iy-huquqiy maktab asoschilaridan biri. V. tovar qiymati bilan isteʼmol qiyma-ti urtasidagi ziddiyatni rad etadi va "umumiy qiymat tushunchasi"ni taklif qiladi. U iqtisodiy inqirozlarni kapitalizm tabiatidagi ziddiyatlar bilan emas, balki texnikadagi oʻzgarishlar, ob-havo taʼsirida hosildorlik-ning pasayishi, moda va did oʻzgarishlarn, shuningdek siyosiy beqarorlik va boshqa orqali izo\laydi. V. tarixiy maktab gʻoyalari taʼsirida xoʻjalik hayotida huquqiy munosabatlar (mas., xususiy mulk) belgilovchi oʻrinda turadi deb hisoblagan va davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvi tarafdori boʻlgan. Ishchilar ahvolini yaxshilash boʻyicha qonunchilik tadbirlarini ish-lab chiqish maqsadida tuzilgan "Ijtimoiy siyosiy ittifoq" ning asoschilaridan biri (bu tadbirlarni u dav-lat sotsializmi deb atagan).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil