Adrian Croitoru
Adrian Croitoru | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Ruminiya |
Tavallud sanasi |
24-fevral, 1971-yil Tudora, Botoșani okrugi, Ruminiya |
Boʻyi | 183 sm |
Sport | |
Qaysi sport | Dzudo |
Adrian Croitoru (1971-yil, 24-fevral; Tudora, Botoșani okrugi, Ruminiya) — ruminiyalik dzudochi. Ruminiya chempioni, Yevropa chempionati gʻolibi va sovrindori. jahon chempionati sovrindori, 3 ta (1992, 1996, 2000) olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adrian Croitoru 1971-yil 24-fevralda tugʻilgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yarim-ogʻir vazn toifasida (90 kg gacha) musobaqalarda ishtirok etgan. 1993—2001-yillarda 9 marta Ruminiya chempioni boʻlgan. Yevropa chempionatlari sovrindori (Chempion (2000), kumush (1992) va bronza (1991, 1994)). Ikki marta (1993 va 1999-yillarda) jahon chempionatlarida bronza medali sohibi boʻlgan[1].
1992-yilda Barselonada boʻlib Yozgi olimpiya oʻyinlarida Adrian birinchi raundda amerikalik Joseph Wong ustidan gʻalaba qozongan. Ammo 1/16 final bosqichida turnirning vitse-chempion fransiyalik Pascal Tayotga yutqazgan. Oʻtish bahslarida 3 ta gʻalabaga erishgan: vengriyalik Károly Korbel, kubalik Andreas Franco va shveytsariyalik Daniel Kistler ustidan gʻalaba qozongan. Ammo bronza medali uchun bahsda kanadalik Nikolya Jilga ippon bahosi bilan magʻlub boʻlgan. Croitoru beshinchi oʻrinda musobaqani yakunlagan[2].
Atlantadagi navbatdagi olimpiadada yana beshinchi oʻrinni egallagan. Ruminiyalik dzudochi olimpiya chempioni yaponiyalik Hidiko Yoshida, ukrainalik Ruslan Mashurenko, fransiyalik Darcel Yandzini magʻlub etib, yarim finalga chiqqan. Yarim finalda oʻzbekistonlik Armen Bagdasarovga imkoniyatni boy bergan. Bronza medali uchun kechgan bahsda Croitoru gollandiyalik dzudochi Mark Huizingaga yutqazib qoʻygan. Huizinga birinchi raundda boʻlajak olimpiya chempioniga yutqazib, oʻtish bosqichi orqali uchinchi oʻrin uchun bahsga yetib kelgan[3].
2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan. Chorak finalga qadar yetib borgan. Chorak finalda yana Mark Huizingaga magʻlub boʻlgan. Huizinga keyinchalik oltin medalni qoʻlga kiritgan. Chorak finalgacha boʻlgan yoʻlda Croitoru dominikanlik Visbart Geraldino va rossiyalik Dmitriy Morozovni magʻlub etgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Adrian Croitoru Judoka“ (en). JudoInside. 2021-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
- ↑ „Judo at the 1992 Barcelona Summer Games: Men's Middleweight“ (en). Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.
- ↑ „Judo at the 1996 Atlanta Summer Games: Men's Middleweight“ (en). Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyun.
- ↑ „Adrian Croitoru Olympic Results“ (en). Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-may.